Maktominey Xoylundga qo‘ng‘iroq qilib, "Napoli"ga o‘tishni maslahat berdi

  • 25 avgust, 20:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq "Napoli" "Manchester Yunayted"dan Rasmus Xoylundni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani xabar qilingan edi. Unda ma’lum shartlar bajarilsa, sotib olish majburiy bo‘lishi ham mumkin.

Tecno

"Corriere dello Sport" nashrining yozishicha, o‘tgan yozda MYudan "Napoli"ga o‘tgan Maktominey Xoylundga qo‘ng‘iroq qilib, transferga rozi bo‘lishga undagan. Bundan tashqari, sobiq jamoadoshi bilan suhbat daniyalik futbolchi qaroriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan.

Manbalarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Xoylundning ijarasini 5 million evroga baholamoqda, uning sotib olish narxi esa 40 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!