"Maklaren" Monako uchun o‘zining maxsus dizaynini namoyish qildi

  • 23 may, 2024, 01:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
BEPUL PROPAN

“Maklaren” Monako Gran-prisida maxsus dizaynda ishtirok etadi.

 Britanlar maxsus dizayn uchun Ayrton Sennaning dubulg‘asi va Braziliya bayrog‘ining ranglarini - sariq, yashil va ko‘k ranglarni tanladi.

 "Monako qiroli uchun.  Biz g‘urur bilan uning sharafi va ranglarida poygada ishtirok qilamiz”, — deb yozadi “Maklaren” ijtimoiy tarmoqlarda.

 Lando Norris va Oskar Piastri ham keyingi bosqichda maxsus kombinezonlardan foydalanadilar.

 Senna 1988-1993 yillarda “Maklaren” poygachisi bo‘lgan.  Jamoa tarkibida braziliyalik 41 ta Grand-Pridan 35 tasida g‘alaba qozongan va uchta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Ayrton bundan 30 yil oldin 1-mayda Imola Grand-Prisida avtohalokat sabab vafot etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!