Madrid klubida nimalar bo‘lyapti?! Zidanning o‘rnini do‘sti egallaydimi?!

  • 31 yanvar, 2021, 23:06
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zidan shogirdlari so‘nggi oylarda juda omadsiz uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Transfer uchun sarflangan pullar o‘zini oqlamadi. Jamoa ochko yo‘qotishda davom etmoqda. «Levante»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat ko‘pchilikni hayron qoldirgani yo‘q. Zidan virus yuqtirib olganidan so‘ng, klubning natijalari pasayib ketdi.

Tecno

Ayni damda, «Real» avlodlar almashinuvini boshdan kechirish arafasida turibdi. Krishtianu Ronaldu, Keylor Navas, Garet Beyl singari ijrochilar klubni tark etdi. Serxio Ramos, Marselo, Luka Modrich va Lukas Vaskes ham jomadonini yig‘ishtirishga tushgan.

«Qirollik klubi» vaziyatdan chiqib ketishi uchun Zidan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi kerak. Aks xolda, klubni bundan ham qiyinroq kunlar kutib turibdi.

Zidan ketsa...

jaz4

Peres katta ehtimol bilan Pochettinoni klubga olib kelmoqchi edi. Argentinalik murabbiy PSJ bilan shartnoma imzoladi. Bu vaziyatda Zidanning o‘rnini faqat Raulgina egallashi mumkin. Hozirda Raul Blanko «Kastilya» bilan yaxshi natijalar qayd etmoqda. O‘tgan mavsumda murabbiy qo‘l ostida yoshlar jamoasi UEFA chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. U bugungi kunda optimal variantlardan biri.

Muxlislar Zidan Anchelottining o‘rnini egallaganda ham u qadar ishonch bilan boqishmagan edi. Zayniddin jamoa postiga kelgach, «Real» Evropa chempionlar ligasida ketma-ket 3 bor g‘alaba qozonishni uddalagandi. Balki, Raulga ham omad kulib boqar?! Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, klub shortlistida Massemiliano Allegri varianti ham mavjud.

Keragidan ortiq kamtarin inson

jaz3

Agar Allegrida o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch etarli bo‘lganida, u shu kunga qadar hech bo‘lmaganda, Frantsiya chempionatida bir bor chempion bo‘lgar edi. Angliya va Ispaniya haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Italiyalik jurnalistlarning aytishicha, Allegri ingliz tilini hali ham o‘zlashtirmagan. Shu kamchiligi sababli, «Barselona» va «Chelsi» o‘z vaqtida undan voz kechgan edi.

Allegri jamoaga yangi «qon quyish»i mumkin. Yangi uslub va yangicha yondashuv bir xillikdan zerikkan futbolchilarga ham motivatsiya berishi turgan gap. Soddaroq qilib aytganda, Allegri klubni og‘ir vaziyatdan bir me’yorda olib chiqib keta oladi. Undan katta natija kutmaslik lozim.

Vunderkind murabbiy

jaz2

Hozirda Peresning ro‘yxatidagi zaxira varianti Yulian Nagelsman bo‘lib turibdi. Yosh murabbiy mag‘lubiyatga uchrashni juda yomon ko‘radi. Katta g‘alabalarga hali erishgani yo‘q. U Madrid klubida inqilob qilishi mumkin.

Bu variantni amalga oshirish oson bo‘lmadi. Sababi, Nagelsmanga Myunxenning «Bavariya» jamoasi ham ko‘z tikkan. Nemis nashrlari yozda Flik iste’fo e’lon qilishini va uning o‘rnini yosh Yulian egallashini taxmin qilishmoqda.

Agar voqealar rivoji shu tempda ketsa, Peres Yulianni qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin. Bu tanlov Madrid klubining xalqaro arenadagi imidji uchun ham katta plyus bo‘ladi. Yangi g‘oyalarga to‘lib toshgan nemis mutaxassisining «Real»da qanday natijalarga erishishi ko‘pchilikka qiziq. Bunday piarni juda xush ko‘ruvchi Peres imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaslikka urinib ko‘radi.

Ishonch

jaz

Florentina Peresda yana bir variant bor ekanligini unutmaslik lozim. Zidanni jamoada olib qolish. O‘tgan safar frantsuz EChL finalida g‘alaba qozonib, klubni tark etgan edi. Uning o‘rnini Peres Lopategi va Solari bilan to‘ldira olmadi. Oqibatda, Zidanni ortga qaytarishga to‘g‘ri keldi.

Bu safar ham voqea takrorlanishi mumkin. Yuqorida nomzod qilib ko‘rsatilgan murabbiylar «qaymoqranglilar»ni 100 foiz kuchaytira oladi, deb hech kim kafolat bermaydi. Shunday ekan, bu mavsum so‘ngida Peres Zidanni o‘z ish o‘rnida qoldirishi ham mumkin. Barchasi klubning Evropa chempionlar ligasida qanday ishtirok etishiga bog‘liq.

Agar ishtirok ijobiy baholansa, kelasi mavsumda klubga transferlar uchun fantastik summa ajratilishi mumkin. Hammasini yozda Peres hal etadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!