
Luka Modrich JCh-2022 musobaqasining asosiy favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, Argentina turnirning asosiy favoriti hisoblanadi.
- Bu yilgi mundial ham avvalgilari kabi qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Menimcha, Argentina musobaqaning asosiy favoriti. Ayni dam ularda bir necha yil oldingiga qaraganda kuchli jamoa shakllangan. Argentinadagi ahillik havas qilarli darajadi. Qolaversa, ularning tarkibida Messi bor ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘ylashimcha, Leodek futbolchisi bor jamoa doimo yuqori o‘rinlarga da’vogar bo‘ladi, - deya Modrichning so‘zlarini keltirdi “90 Min” nashri.
Ma’lumot o‘rnida, JCh-2022 Qatarda 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. 2018 yilgi mundialda Xorvatiya finalgacha etib borgan va hal qiluvchi uchrashuvda Frantsiyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqqan.
Fikrlar