Luis Suaresning Evropadagi sarguzashtlari tugadi...

  • 31 dekabr, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” to‘purari Luis Suares yana kamida ikki yil davomida professional faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Tecno

Madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadigan urugvaylik to‘purar AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Luis Suaresga angliyalik futbol afsonasi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” jamoasi og‘iz solmoqda. Amerikaliklar 34 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritib, u bilan ikki yillik bitim imzolashni rejalashtirgan.

Luis Suares joriy mavsumda jami 24 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va bitta golli pas uzatdi. Uning hozirgi narxi 15 million evroni tashkil qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!