
"Los-Anjeles-2028" yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining rasmiy ramzi e’lon qilindi
Raqamli davr uchun tayyorlangan animatsion ramz vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, o‘zining cheksiz imkoniyatlarini aks ettiradigan shahar ruhini ifodalaydi.
“Los-Anjeles o‘ziga xoslikni talab qiladi. Uni bir so‘z bilan ifoda qilishning imkoni yo‘q. Shahardagi har bir tuman, mavze va aholi o‘ziga xos ahamiyatga ega. "LA-2028" o‘yinlari bizning jamoaviy ijodkorligimizni, birgalikdagi kuchimizni ifoda qiladi”, – deydi Tashkiliy qo‘mita rahbari Keysi Vasserman.
"LA-28" ramzida L harfi jasoratni, 2 va 8 raqamlari esa “A” harfining dinamikasi o‘zgarib turadigan voqealar qatorini ifodalaydi.
“Los-Anjeles – bu millionlab insonlar va yuzlab lahjalarni birlashtiradigan maskan. Hech kim, hech qachon bo‘lajak o‘yinlar va Los-Anjelesning bor salobatini to‘liq ifodalay olmaydi”, – deydi "LA-2028" marketing direktori Emi Glison.
"LA-2028" ramzi qandaydir diqqatga sazovor joy emas, balki ijodkorlik, o‘z qirralarini namoyish qilish imkonini beruvchi platformadir.
“Birgalikda ijodkorlik imkoniyati cheksizdir”, – deydi Keysi Vasserman.
Manba: olympic.uz
Fikrlar