Lopes ketsa "Barselona" uning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi?

  • 28 avgust, 09:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Fermin Lopes ketgan taqdirda ham yangi yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shish niyatida emas. 22 yoshli futbolchi "Chelsi"ning transfer maqsadiga aylandi - Londonliklar yaqin kunlarda ispaniyalikdan javob kutmoqda.

"Diario Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Lopesga o‘rinbosar izlamaydi: klub rahbariyati Xans-Diter Flik ixtiyorida Ferminsiz ham etarlicha markaziy chiziq o‘yinchilari mavjud deb hisoblaydi.

Taxminlarga ko‘ra, "Barselona" hujumkor yarim himoyachi uchun yaxshi taklif tushsa, uni saqlab qolishga urinmaydi.

 Ispaniyalik xavbekning Transfermarkt saytidagi narxi 50 million evro bo‘lib, uning shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!