
Lomachenko faoliyatini yakunlaydi(mi?)
Boks bo‘yicha uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko faoliyatini tugatish arafasida ekanini aytdi.
"Agar boks va vazn toifalarida yosh haqida gapiradigan bo‘lsak, tan olaman - men qaridim. Super og‘ir vazn toifasi haqida nima xam deyish mumkin? 36 yoshda ko‘plab superog‘ir vazn toifasidagi jangchilar faoliyatini endigina boshlayotgan bo‘lishi mumkin, lekin mening faoliyatim deyarli tugadi. Taxminan, bir, ikki yoki uch yil davom etishim mumkin, xolos. Yana qancha yil ringda bo‘laman? Buni o‘zim ham aniq bilmayman. Bu qiyin savol. Bu yoshda har bir jang qiyin kechadi. Janglardan keyin tiklanish esa oson emas”, - deya Lomachenkodan iqtibos keltiradi FOX Sports Australia.
Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Avstraliyaning Petra shahrida 36 yoshli Lomachenko Jorj(17-3, 11 KO) Kambossos(21-2, 10 KO)ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar