"Lokomotiv" Turkiyadagi ilk nazorat uchrashuvida durang o‘ynadi

  • 31 yanvar, 2021, 20:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan “Lokomotiv” klubi bugun dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Avval xabar qilganimizdek, “temiryo‘lchilar”ning ilk raqibi Ukrainaning “Desna” jamoasi bo‘ldi.

Tecno

O‘yin ancha qiziqarli va hujumlarga boy tarzda o‘tgan bo‘lsa ham ikkala jamoaga gol urish nasib qilmadi. Shu tariqa, “Lokomotiv” hamda “Desna” o‘rtasidagi bellashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Sherzod Fayziev, Shuhrat Muhammadiev, Jaloliddin Jumaboev, Dilshod Komilov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Sanjar Qodirqulov, Diyor Turopov, Sadriddin Abdullaev, Aziz Amonov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Farruh Ibrohimov, Islom Qobilov, Diego Bardanka, Kaxi Maxaradze, Avaz O‘lmasaliev, Xurshid Muxtorov, Islom Rashidxonov, Javohir Siddiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, Bobur Asqarov, Ibrohim G‘anixonov.       

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!