
"Lokomotiv" Abu-Dabiga etib bordi (foto)
Ma’lumki, "Lokomotiv" 7 may kuni Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasida "Al Vahda" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi.
Toshkentdan Dubayga uchgan "Loko" futbolchilari manzilga etib kelgach, avtobusda BAA poytaxti Abu Dabi tomon yo‘lga chiqishdi.
Avtobusda bir yarim soatlik yo‘l bosib o‘tilgach "temiryo‘lchilar" shaharga etib borishdi va "Andaz" mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun kechki payt mahalliy vaqt bilan 18:00da futbolchilar stadionga yo‘l olib mashg‘ulot o‘tkazishadi.







Manba: "Lokomotiv"
Fikrlar