
“Liverpul”dan ketayotgan Kloppga yangi ish chiqyapti
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishini rasman e’lon qilib bo‘lgan.
Germaniyalik mutaxassis futboldan dam olishini va energiyasi tugaganini ta’kidlagan.
Biroq Dortmundning “Borussiya” klubi Yurgen Kloppni yana murabbiylik sohasiga qaytarmoqchi. Bundesliga klubi tajribali mutaxassisni bir yil hordiq chiqarganidan keyin, ya’ni 2025 yilning yozida bosh murabbiylikni qabul qilib olishga ko‘ndirmoqchi.
Bir yildan keyin “Borussiya”ning hozirgi bosh murabbiyi Edin Terzich o‘rnini bo‘shatadi.
Yuren Klopp Dortmund superklubida 2008-2015 yillar davomida muvaffaqiyatli ishlagan.
Fikrlar