
“Liverpul” zo‘r murabbiyga uch yillik shartnoma taklif qildi
“Liverpul” rahbariyati mavsum yakunidan keyin jamoani tark etadigan Yurgen Klopp o‘rniga munosib bosh murabbiy olib kelmoqchi.
Liverpulliklar “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan ispaniyalik Xabi Alonsoga ko‘z tikmoqda. Bu mutaxassisga APL superklubi uch yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
“Bayer”ni 2022 yilda qabul qilib olgan Xabi Alonso qisqa fursat ichida jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishga erishdi.
Leverkuzenliklar joriy mavsumda Bundesligada katta ustunlik bilan etakchilik qilmoqda va chempionlikka asosiy da’vogar hisoblanadi.
Xavi Alonsoni esa, Evropaning bir qator grand klublari o‘ziga taklif qilyapti.
Fikrlar