"Liverpul" "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi

  • 28 avgust, 2024, 13:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bu yozda bitta vinger bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Variantlar orasida "Yuventus" vakili Federiko Keza favorit bo‘lib turibdi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, klublar muzokaralarni boshladi. Transfer taxminan 15 million evroga amalga oshishi mumkin. Sababi, turinliklar aynan shanday narx istamoqda. 

Italiyalik futbolchi allaqachon taklifni qabul qilib bo‘ldi. U faoliyatini APLda davom ettirishga qaror qilgan. 26 yoshli vinger bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanishi mumkin.

Federiko uchun kurashda "Barselona" ham bor, lekin kataloniyaliklar bu transfer ustida faol ishlayotgani yo‘q. Shunday ekan, uning "Liverpul"ga o‘tish ehtimoli yuqori. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!