
"Liverpul" uchun chempionlik poygasi yakunlandi"
Jeymi Karragerning fikricha, "Liverpul" Premer-liga chempionligi uchun imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.
Kecha Yurgen Klopp shogirdlari APLning 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda "Everton"ga imkoniyatni boy berdi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng "Liverpul" "Arsenal"dan 3 ochko ortda qolmoqda va ikkita zaxira o‘yini bor "Manchester Siti"dan bir ochko oldinda.
"Bu "Liverpul" uchun chempionlik poygasi yakunlandi. Kechasi "Everton"dan uchralgan mag‘lubiyatni qabul qilishimiz kerak", - dedi "qizillar"ning sobiq himoyachisi.
Fikrlar