
"Liverpul" sobiq yulduzi boksda jang qiladi
"Liverpul" klubi sobiq yulduzi Dirk Kyuyt o‘zini boshqa sport turida sinab ko‘rishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik sobiq futbolchi 2022 yilning oktyabr oyida Riko Verxoven tashkil etadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi hozircha noma’lum.
"Futbolchi sifatida men omma oldida chiqish qilish nima ekanligini bilaman. Taxminan 4 yildan beri futbol o‘ynamayapman. Biroq keskinlik va g‘alaba uchun kurashishni sog‘indim",-deydi Kyuyt.
Niderlandiyalik hujumchi mersisaydliklar libosida 6 yil harakat qilgan. Uning so‘nggi professional klubi "Feyenoord" bo‘lgan edi.
Fikrlar