
"Liverpul" Saloh ketsa, "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisini olib kelmoqchi
"Liverpul" o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Mersisayd klubini mavsum yakunida Muhammad Saloh tark etishi mumkin, shuning uchun "qizillar" qanot hujumchilari bozorini diqqat bilan kuzatmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, "Liverpul"ning diqqat markazida "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Leroy Sane bor. Agar 28 yoshli hujumchi erkin agentga aylansa, mersisaydliklar unga shartnoma taklif qilishlari mumkin.
Leroy Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq, Myunxen klubi Saneni jamoada saqlab qolishi va uning shartnomasini uzaytirish niyati borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar