
"Liverpul" muxlislari kutgan xabar! Saloh mashg‘ulotlarga qaytdi (video)
"Liverpul" etakchisi Muhammad Saloh jarohat olib, safdan chiqqandi. Bugun ma’lum qilinishicha, futbolchi yana mashg‘ulotlarga qaytgan.
Klub matbuot xizmati uning qaytgani borasida videoni rasmiy sahifasiga joylashtirdi. Salohning 17 fevral kuni "Brentford"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Muhammad joriy mavsum APLning 20 bahsida 14 gol va 8 assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar