"Liverpul" futbolchisi "Zenit"ga o‘tadi

  • 24 iyul, 2020, 17:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi markaziy himoyachisi Deyan Lovren baribir "Zenit"ga o‘tadigan bo‘ldi.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, piterliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi borasida mersisaydliklar bilan kelishuvga erishgan. Endi “Zenit” Lovren uchun “Liverpul”ga 12 mln evro to‘laydi.

Aytish kerakki, dastavval Rossiya chempioni Deyan uchun Angliya chempioniga 10 mln evro taklif qilgan edi.

Lovren “Zenit” bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda. Uning rus grandidagi yillik maoshi esa 2,5 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!