
"Liverpul" futbolchisi klubni tark etishga tayyor
"Liverpul" safida harakat qilayotgan Federiko Keza klubni tark etishga tayyor. Uni Italiyaning uch klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Kezaga jamoa bosh murabbiyi Arne Slot imkoniyat bermadi va uni zaxira o‘yinchisiga aylantirdi. Vinger esa bundan norozi va iyun oyi boshida Italiyaga qaytishi mumkin.
"Inter" "Napoli" va "Roma" Federikoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "Calcio Mercato" nashri. Manbaning ta’kidlashicha, italiyalikni qo‘lga kirtish uchun asosiy favorit "neradzurrilar hisoblanadi. Sababi, uning pozitsiyasida o‘ynayotgan Xoakin Korrea klubni tark etishga yaqin.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi ushbu mavsumda jami 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta assistni rasmiylashtirgan. 27 yoshli hujumchini "Transfermarkt" portali 18 milliov evroga baholamoqda.
Fikrlar