
Lionel Skaloni: "Menimcha yomon o‘yin ko‘rsatmadik"
Lionel Skaloni Argentina terma jamoasining Kolumbiyadan uchralgan mag‘lubiyati haqida gapirdi.
“Kolumbiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Vaziyatdan kelib chiqib, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Biz borimizni berdik va g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
Biz yo‘qotishni yoqtirmaymiz. Ularning penaltidan golidan keyin biz deyarli o‘ynamadik. Meni tashvishga solayotgan narsa shu. Kolumbiyada ajoyib futbolchilar va yaxshi ishlaydigan tizim bor. Ularga qarshi mehmonda o‘ynash juda qiyin. O‘ylaymanki, bizda g‘alaba qozonish uchun imkoniyat bor edi. Ammo buni uddalay olmadik.
Biz har doim to‘p orqasida harakat qilishga va darvoza oldida samarali bo‘lishga harakat qilamiz. Biroq, bugun buni uddalay olmadik. O‘yindagi ba’zi narsalarni tuzatishimiz kerak.
VARning penalti belgilash qaroriga kelsak, hakam butun epizodni boshidan ko‘rib chiqishi kerak edi", - dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar