
Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomida kimlar ringga ko‘tarilishi kutilmoqda? To‘liq kard bilan tanishing
Oldin xabar berganimizdek, 2 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan "Humo Arena"da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu oqshomda yurtimizning va horijdan kelgan bir qancha charm qo‘lpop ustalari ringga ko‘tariladi. Shuningdek, 63,5 kg vazn toifasida gran-pri turniri yarim final janglari va 72 kgda ham huddi shunday turnirning ilk bosqichi bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, asosiy bahslarda Fazliddin G‘oibnazarov, Jamshid Karimov, Olimpiada o‘yinlari sovrindori, armanistonlik Ovannes Bachkov, irlandiyalik Jono Kerrol kabi bokschilar ringga ko‘tariladi. Hozirda juftliklar quyidagicha ko‘rinish olgan:
Asosiy jang:
69,8 kg: Fazliddin G‘oibnazarov (10-1, 6KO) (O‘zbekiston) - Jamshid Karimov (10-0, 7KO) (O‘zbekiston)
63,5 kg: Ovannes Bachkov (3-0, 2KO) (Armaniston) - Markos Gonsales Barraza (22-2, 11KO) WBA Intercontinental kamari uchun jang
58,9 kg: Jono Kerrol (22-2-1, 7KO) (Irlandiya) - Jeyms Chereji (18-2, 7KO) (Ruminiya)
*63,5 kg vazn toifasida gran-pri yarim finalchilari:
Mujibillo Tursunov (1-0) (O‘zbekiston)
Shohruhbek Kenjaev (1-0) (O‘zbekiston)
Farrux Arslonov (3-0, 1KO
Nurim Dilshad (5-0, 3KO)
60 kg: Kostin Ion (9-3-2, 4KO) (Ruminiya) - Aleksandru Ionita (7-16-1, 5KO) (Ruminiya)
*72,5 kgda gran-pri turniri ishtirokchilari:
Jakipbek Uulu Jarkinbek (debyut) (Qozog‘iston)
Bereket Tairov (debyut) (Qozog‘iston)
Dovud Mahkamov (0-1) (Tojikiston)
Nurta Karasavev (2-0, 1KO) (Qozog‘iston)
Suxrob Qayimov (debyut) (O‘zbekiston)
Asilbek Vahobov (debyut) (O‘zbekiston)
Anvar Turapov (7-1, 6KO) (O‘zbekiston)
Islombek Mo‘minov (3-0-1, 2KO) (O‘zbekiston)
*Izoh: gran-pri turniri 63,5 kgda yarim final va 72 kgdagi juftliklar 30 noyabr kuni qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.
Fikrlar