Levandovski: Xolanddan qo‘rqanim yo‘q, ular meni aldashdi!

  • 30 iyul, 2022, 22:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovski nega “Bavariya”ni tark etganiga izoh berdi.

Tecno

- “Bavariya”dan ketishim, myunxenliklarning Xolandga qiziqqani bilan bog‘liqligini so‘rashyapti. Yo‘q, bunday emas. Erling borasida hech qanday muammo yo‘q. Agar u “Bavariya”ga kelganida ham bundan biror muammo chiqmasdi.

Klubda ayrim odamlar mendan haqiqatni yashirib, boshqa narsalarni gapirdi. Men uchun rostgo‘ylik va ochiqlik muhim. Lekin bu narsa boshqalarga muammo ekan.

Men “Barselona”ga ko‘chib o‘tish vaqti kelganini his qildim. Klub turli-tuman bo‘hton va yolg‘onlarni keltirdi. Hatto shunday vaziyatda ham klub fanatlari meni qo‘llab-quvvatlab turdi, - dedi Robert Levandovski.

Levandovski faoliyati davomida klublar miqyosida 676 uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 509 marta ishg‘ol qilgan va jamoadashlariga 135 ta golli pas uzatgan. Shuningdek, tajribali hujumchi Polsha terma jamoasi safida 132 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 76 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!