
Levandovski Saudiyadan kelayotgan takliflarga qanday javob berishi haqida gapirdi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoni klublaridan kelgan takliflarga qanday javob berishi haqida gapirib o‘tdi.
"Men bu borada o‘ylab ham o‘tirmayman. Sababi oddiy. Mening maqsadlarim umuman boshqacha.
Saudiya Arabistonida nimalar bo‘layotganini eshitib, ko‘rib turibman. Ammo bu narsa meni xavotirga solmaydi. Evropadan ketishni rejalashtirayotganim yo‘q", - dedi polshalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Levandovskining Ispaniyadagi asosiy raqobatchisi Karim Benzema Saudiyaning "Al-Ittihod" jamoasi taklifini qabul qilgandi.
Fikrlar