Levandovski: "Birinchi o‘yinda yutganimizda, finalga chiqqan bo‘lardik"

  • 2 iyun, 13:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoaning Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Agar biz birinchi o‘yinda g‘alaba qozonganimizda, hozir Myunxenda bo‘lgan bo‘lardik, deb o‘ylayman. Ikkinchi o‘yinda esa biz tezda ikki gol o‘tkazib yubordik, keyin hisobni tenglashtirdik, uchta gol urdik, ammo bu etarli bo‘lmadi. Jamoa sifatida biz yaxshiroq ko‘rindik, lekin baribir final yo‘lllanmasidan mahrum bo‘ldik", — deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ushbu mavsumda "Barselona" ikki o‘yin natijasi bo‘yicha "Inter"ga 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, hal qiluvchi lahza aynan birinchi uchrashuv bo‘lgan, unda jamoa o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!