Levandovski “Barsa”da rekord o‘rnata boshladi

  • 29 avgust, 2022, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi hujumchisi Robert Levandovski uchun o‘z nomini tarixga muhrlashga uchta o‘yin kifoya qildi.

Tecno

Polshalik forvard uchinchi turda “Valyadolid” jamoasi darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi va yangi mavsumdangi gollari sonini to‘rtta etgazdi.

Shu tariqa, Levandovski “Barselona”ning XXI asrda uchta uchrashuvda to‘rtta gol urgan birinchi o‘yinchisi sifatida rekord o‘rnatdi. Avvalgi turda tajribali forvard “Real Sosedad” posbonini ikki marta ojiz qoldirgan edi.

Professional faoliyati davomida “Lex”, “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” jamoalari sharafini ham himoya qilgan Robert klublar miqyosida jami 679 ta uchrashuv o‘tkazib, 513 ta gol va 137 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!