
"Lester"ga qarshi bahsda nima sababdan "Arsenal"ning sardori o‘zgardi?
"Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Lester"ga qarshi o‘yinda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi.
London klubining bu ishorasi Ukrainada qurolli mojaro boshlanganining bir yilligi bilan bog‘liq. Bu bilan "kanonirlar" o‘z futbolchisiga hurmat izhor etmoqchi bo‘ldi. Bu haqida "The Athletic" nashri xabar berdi.
Zinchenko "Arsenal"da ilk bor maydonda sardorlik bog‘ichini taqqan holda harakt qildi.
Eslatib o‘tamiz, londonliklarning sardori Martin Edegor ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Fikrlar