Lempard faqat qimmatbaho futbolchilarni olmoqda

  • 19 avgust, 2020, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roman Abramovich “Chelsi” tarkibini mustahkamlash uchun bosh murabbiy Frenk Lempardga 150 million funt ajratdi.

Tecno

Lempard bu summaga “Atletiko”da barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan Xose Ximenes va “Vest Xem”dan Deklan Raysni olishni orzu qilmoqda.

Har ikki futbolchi ham qimmatbaho hisoblanadi. “Atletiko” o‘z vaqtida Ximenesni “Manchester Yunayted”ga 75 million funtga sotmagan edi.

“Vest Xem” esa etakchi futbolchisining transferi uchun 65 million funt so‘ramoqda. Bu o‘yinchi tayanch zona va mudofaa markazida ishonchli harakat qila oladi. U muntazam ravishda Angliya terma jamoasidan taklif olmoqda.

Bu ikki futbolchidan tashqari “Chelsi” Ben Chiluell va darvozabon Yan Oblakni olishni rejalashtirgan. Hozirgacha esa hujumkor futbolchilar Timo Verner va Hakim Ziesh olib kelindi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!