Legionerlarimiz jamoasida o‘zgarish bo‘ladi

  • 28 dekabr, 2020, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to‘p tepayotgan “Nefteximik” klubi rahbariyati bosh murabbiy Yuriy Utkulbaevni ishdan olishga qaror qildi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, jamoa oldiga premer-ligaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Chempionatni yaxshi boshlagan jamoa ta’tilga chiqishdan oldin ettita uchrashuvdan ketma-ket oltitasida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa jadvalida etakchilar safidan chiqib ketdi.

Hozircha, klub rahbariyati “Dinamo”ning sobiq murabbiyi Kirill Novikov, “Tekstilshik”ni boshqarayotgan  Sergey Pavlov va “Tom”ning katta murabbiyi Vladimir Kazakov nomzodlarini o‘rganib chiqmoqda.

“Nefteximik” sardori Vagiz Galiulin joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi. Jamoa safiga kechroq qo‘shilgan yosh yarim himoyachi Bobir Davlatov esa, hozircha 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!