Legionerimiz mardligi uchun taqdirlandi!

  • 20 may, 2022, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Bobur Abduxoliqov oliy liga sakkizinchi tur yakunlariga ko‘ra, musobaqa tashkilotchilari tomonidan “Fair Play” sovrini bilan taqdirlandi.

Tecno

Maxsus sovrin uchun o‘zbek legioneri yana ikki nafar futbolchi – “Shaxtyor” vakili Viktor Sotnikov va “Dinamo-Minks” futbolchisi Vladislav Lojkin bilan raqobatlashdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sotnikov va Lojkin sakkizinchi turning markaziy uchrashuvi hisoblangan “Shaxtyor” va “Dinamo-Minsk” jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvidan keyin yuz bergan janjalga qo‘shilmadi va shu bois “halol o‘yin” sovriniga da’vogarlar qatoriga kiritildi.

“Energetik-BGU” hujumchisi Bobur Abduxoliqov “Minsk” jamoasiga qarshi bahsda raqib himoyachilari o‘z jarima maydonchasida uning futbolkasidan tortib, to‘xtatishga uringaniga qaramay, yiqilib, hakamdan penalti so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmadi va bu vaziyatda oxirgacha kurashdi. Mutasaddilar legionerimiz o‘zini mardonavor tutgani uchun uning nomini sovrin da’vogarlari ro‘yxatiga qo‘shdi.

38538_6297cbfed0e240d56ea27474d0d37384

Mazkur bellashuvda “talabalar” raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va gollardan biri o‘zbekistonlik hujumchi hisobga yozildi.  G‘alabadan so‘ng “Energetik-BGU” yana ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular peshqadam BATEni ta’qib qilishda davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Fair Play” nominatsiyasi g‘oliblari Belarus futbolini yoritish bo‘yicha etakchi nashr “Pressbol” gazetasi rasmiy saytida muxlislar ovoz beradigan so‘rovnoma natijalari, shuningdek, sobiq futbolchilar Sergey Gurenko, Vitaliy Kutuzov, Aleksandr Xatskevich, jurnalistlar Vladislav Tatur va Nikolay Ivanovdan tarkib topgan maxsus komissiya ovoziga ko‘ra aniqlanadi.

Rasmiy saytda ovoz berish 19 mayda kun oxirigacha davomi etdi. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada Bobur Abduxoliqov g‘olib bo‘ldi. So‘rovnomada qatnashgan muxlislarning 73,7 foizi halol o‘yinchi sifatida o‘zbekistonlik hujumchini tan olgan.

Keyingi o‘rinni egallagan Vladislav Lojkin 15,3 va Viktor Sotnikov esa 11 foiz ovoz to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov Belarus chempionati oliy ligasining birinchi turi yakuni bo‘yicha ham “Fair Play” sovrini sohibi bo‘lgan edi.

“Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli hujumchimizning Belarus chempionatidagi ikkinchi mavsumi juda sermahsul o‘tmoqda. Bobur sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda Abduxoliqov to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti. U o‘tgan yili eng ko‘p to‘p kiritgan “Shaxtyor” hujumchisi Dembo Darboni to‘rtta golga ortda qoldirmoqda.

Bundan tashqari, gol-pas tizimida eng ko‘p 11 ball jamg‘argan hamyurtimiz chempionatning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi. Boburning gollari “talabalar”ga “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ”, “Dinamo-Brest”, “Nyoman” va “Minsk” jamoalari ustidan g‘alaba keltirdi.

38707_4a31d87d29935fb3e00ec23a6eb58637

Belarus chempionatining 9-turida “Energetik-BGU” safarda “Arsenal-Dzerjinsk” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv 20 may kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

To‘purar legionerimiz halol o‘yin qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!

Abraxam: Men final uchun o‘chimni oldim!

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!