
Legionerimiz jamoasi RPLda ketma-ket 7 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Rossiya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Torpedo” – “Orenburg” uchrashuvi yakuniga etdi. O‘yin 3:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. "Torpedo" safida harakat qilayotgan legionerimiz Hojimat Erkinov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Poytaxt klubi RPLda ketma-ket 7 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, bu klub tarixidagi Rossiya chempionatidagi eng yomon mag‘lubiyatlar seriyasidir, deb xabar bermoqda "Opta" statistik portali.
Eslatib o‘tamiz, keyingi mavsumda Xosep Klotet shogirdlari Birinchi ligada o‘ynaydi.
Fikrlar