Legionerimiz Premer-liga chempionligini ko‘zlamoqda!

  • 29 iyul, 2023, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempionati doim o‘zbekistonlik futbolchilarni o‘ziga jalb etib kelgan. O‘z davrida, Andrey Pyatnitskiy, Valeriy Kechinov, Mirjalol Qosimov, Ja’far Irismetov, Aleksandr Geynrix, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov kabi o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari turli jamoalar bilan Rossiya chempioni bo‘lgan.

Tecno

ruea5f3a6de33

Bugungi kunda Rossiya Premer-ligasining ikki klubida to‘rt nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepmoqda. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ikki yildan beri “Nijniy Novgorod” sharafini himoya qilmoqda va jamoasining asosiy himoyachilaridan hisoblanadi.

Joriy yil boshida “Nijniy Novgorod” yana bir iste’dodli o‘yinchimiz Ruslan Jiyanovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. 22 yoshli hujumchi yangi mavsumdan boshlab, Rossiya chempionatida o‘ynash uchun jamoaga kelib qo‘shildi.

Yana ikki futbolchimiz – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev yil boshida “Rubin” safiga kelgan edi. Qozonliklar Birinchi liga g‘olibi sifatida yangi mavsumni yuqori divizionda o‘tkazmoqda.

Tajribali himoyachi Rustam Ashurmatov “Match TV” jurnalistlariga jamoa oldida turgan vazifalar haqida gapirib berdi.

- Rossiya Premer-ligasida “Rubin” oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- Vazifalar maksimal. Har bir uchrashuvda biz g‘alaba uchun o‘ynashimiz shart. Chempionat oxirida vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz.

Jamoa rahbariyati va futbolchilarda chempion bo‘lish orzusi bor. Bunga erishish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz.

- Rossiya chempionati bosh sovrinini Qozonga qaytishini qancha kutamiz?

- Uzoq emas, deb umid qilaman.

- Birinchi ligadagi g‘alaba uchun oltin medallarni topshirish marosimi qanday o‘tdi?

- Juda yaxshi. O‘yindan keyin darrov banket uyushtirildi va hammasi yuqori darajada bo‘ldi.

- Vataningdagidan yaxshimi?

- Bu erda ham yaxshi bo‘ldi.

ca4e279874eb2d163b6a7e03db2f489564bc4fb522f1b664545222

Darhaqiqat, “Rubin” jamoasi o‘z tarixida ikki marotaba Rossiya chempioni bo‘lgan. 2008 va 2009 yillari qozonliklar musobaqani birinchi o‘rinda yakunlagan. Bundan tashqari, “Rubin” ikki marotaba chempionat bronza medali, bir martadan Rossiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Andrey Fyodorov yulduzli davrlarini aynan “Rubin”da o‘tkazgan. Jamoa ilk bor chempionlikka erishgan mavsumda legionerimiz “Rubin”ga sardorlik qilgan edi.

Endi Andrey Fyodorovning chempionlik yo‘lini Rustam Ashurmatov va  Umarali Rahmonaliev davom ettirishga harakat qilyapti.

“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

Futbolchimiz Ispaniyaga ketishi kerak, u La Ligada aniq o‘ynay oladi...

“Lans” Husanovga asosiy tarkibdan joy ochyapti

Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmadi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!