
Lazizbek Mirzaev: "Lokomotiv" tarkibida top-klublarga qarshi kurashishni istayman
Yaqindagina "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzolagan, O‘zbekiston U17 terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Avvalo barchaga xayrli kech. Shartnomani uzaytirishdan maqsad - jamoaga yordam berish, katta tajriba olish. Qancha maydonda harakat qilsam ham faqatgina foyda keltirish".
- "Lokomotiv"dagi asosiy maqsadingiz nimadan iborat?
"Asosiysi - "Lokomotiv"ning Superligaga qaytishida katta xizmat ko‘rsatish. Jamoada o‘z o‘rnimga ega bo‘lishni, "Lokomotiv" tarkibida top-klublarga qarshi kurashishni istayman".
- O‘tgan mavsum siz U21 chempionatida ham, Superligada ham maydonga tushdingiz. Ligalar o‘rtasidagi farq qanday?
"Superligada top darajadagi futbolchilar o‘ynaydi. Ular bilan katta tajriba to‘plash mumkin. Katta futbolchilar har tomonlama yoshlarga yordam beradi. Ammo tezlik bobida U21 chempionati ham Superligadan qolishmaydi".
Fikrlar