
Lautaro “Chelsi”, “Real” va “Manchester Yunayted”ga kutilmagan javob qaytardi
A Seriyada to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Lautaro Martinesga Evropaning bir necha grandalari, xususan, “Real”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Argentinalik forvard ularning hafsalasini pir qildi.
26 yoshli futbolchining “Inter” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etsa-da, Lautaro klub bilan yangi bitim tuzishni istayapti.
Tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida hali muzokaralarni boshlagani yo‘q. Xaridorlar bu transferni amalga oshirish uchun avval futbolchini ko‘ndirib, keyin “Inter” bilan muzokaraga kirishishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar