
Laporta: "Chelsi" bilan hech qanaqa muammo yo‘q"
"Barselona" jamoasi prezidenti Joan Laporta Frenki de Yongning transfer masalasi va "Chelsi" bilan transferlar oynasidagi raqobat haqida fikr bildirdi.
"Frenkini "Chelsi"ga taklif qilmaganmiz. Hech qachon bunday bo‘lmagan. Biz Ted Bouli ("Chelsi" prezidenti) bilan Barselonada shunchaki gaplashdik.
U bilan ajoyib tushlik qildik. So‘ng faqat futbol haqida suhbat qurdik.
Bouli - o‘zgacha inson. Bizda "Chelsi" bilan hech qanaqa muammo yo‘q. Biz xarid qilgan futbolchilar o‘z xohishiga ko‘ra, "Barsa"ni tanladi. Biz ularga eshik ochdik, xolos", - dedi Laporta.
Fikrlar