
Laporta: "Barselona" barcha sovrinlar uchun kurash olib boradi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta 2025/26 mavsum uchun klub oldiga qo‘yilgan maqsadlar haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa yangi mavsumda barcha frontlarda muvaffaqiyat qozonishni rejalashtirmoqda.
"Biz jamoani mustahkamladik va g‘alaba uchun kurashishni reja qilmoqdamiz. O‘tgan mavsumda esda qolarli lahzalar ko‘p bo‘ldi. Ushbu mavsum ham ajoyib bo‘lishiga umid qilaman. Biz barcha sovrinlar uchun kurash olib boramiz" — deya ta’rif berib o‘tdi "ko‘k-anorranglilar" rahbari.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum "Barselona" La Ligani g‘olib sifatida yakunlab, "Real Madrid"ni to‘rt ochkoga ortda qoldirgandi. Shuningdek, Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Ispaniya Kubogi va Superkubokni ham qo‘lga kiritgan.
Yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvni "Barselona" 16 avgust kuni safarda "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar