
La Liga. "Atletiko" safarda qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi
La Liga 25-turidan o‘rin olgan "Osasuna" - "Atletiko" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Matraschilar" safida gollarga Felish (4-daqiqa), Suares (59-daqiqa) va Korrea (89-daqiqa) mualliflik qildi. Bu gollar madridliklarning chempionatda "Vilyarreal" va "Barselona"ni quvib o‘tishiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, "Atletiko" ochkolari sonini 42taga etkazib oldi va jamoa jadvalning 4-pog‘onasidan o‘rin olgan. "Osasuna" hisobida 32 ochko mavjud bo‘lib, klub 9-o‘rinni band etgan.
Fikrlar