
La Liga. "Atletiko" "Barselona"ni quvib o‘tdi
Ispaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Selta" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "matraschilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Atletiko"ning har ikkala goliga Renan Lodi mualliflik qildi.
Ayni vaqtda Simeone shogidrlari 45 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 32 ochkosi bor vigoliklar 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar