
Kurtua: “Men Vinisiusni yaxshi futbolchi deb o‘ylagan edim”
“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua Rio Ferdinandga bergan intervyusi davomida bir necha qiziqarli mavzular haqida gapirib o‘tib, Vinisiusdan bunday o‘yin kutmaganini tan oldi. Shu bilan birga, sobiq jamoadoshi hisoblangan Toni Kross haqida ham qisqacha aytib berdi.
“To‘g‘risini aytsam, men Vinisius Juniorni yaxshi futbolchi bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Biroq, braziliyalik yulduz biz kutgandanam buyuk o‘yinchiga aylanib ketdi.
Toni Kroos har doim chap oyog‘i va o‘ng oyog‘i bilan nima qilishni bilar edi. Germaniyalik futbolchi to‘pni qabul qilishdan oldin uni qaerga uzatishini allaqachon sezar edi ham. Biz uni bu yil juda sog‘indik” – dedi belgiyalik posbon.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 31 ta bellashuvda ishtirok etib, 34 ta to‘pni o‘tkazib yubordi. 10 ta to‘qnashuvda esa darvoza daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar