Kuman endi Messining vazifasini kim bajarishini aytdi

  • 14 avgust, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa to‘purari Lionel Messi ketganidan keyin hujum chizig‘i qanday bo‘lishini aytdi.

Tecno

- Agar imkoniyat bo‘lsa, yana bir hujumchi sotib olishimiz kerak. Yana shuni aytishim kerakki, menga Antuan Grizmann yoqadi. Hozir Antuan oldinga qadam tashlaydigan palla. Grizmann maydonda Messi o‘ynagan pozitsiyasi egallashi kerak. Bu unga qo‘shimcha imkoniyat beradi, - dedi Ronald Kuman.

Lionel Messi so‘nggi yillarda “Barselona”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelgan. La Liga reglamenti tufayli etakchisidan ayrilgan kataloniyaliklarga jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan futbolchi kerak.

Antuan Grizmann o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 51 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvoo‘asiga 20 ta gol urdi va 13 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!