
Krishtianu Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Lion"ga qarshi javob uchrashuvida dubl qayd etdi.
35 yoshli futbolchi joriy mavsum klub uchun 37 ta gol urishni uddasidan chiqdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoaning rekordini o‘rnatdi.
Avvalgi rekord 95 yil oldin qayd etilgandi. 1925/26 yilgi mavsumda Ferents Xirtser Turin klubi uchun bir mavsumda 35 ta gol urgan.
Fikrlar