
Kris Smolling uchun yana bir da’vogar topildi
"Manchester Yunayted" universal himoyachisi Kris Smollingni qo‘lga kiritish istagidagi klublar soni yana bittaga ortdi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, ayni damda "Roma"da ijara asosida to‘p surayotgan angliyalik futbolchi uchun "Everton" yozgi transfer oynasi vaqtida da’vogarlik qilmoqchi. Futbolchi bilan, shuningdek, "Roma" ham doimiy shartnoma imzolash niyatida.
Oldinroq, mankunianliklar futbolchini yozda qaytarib olishi va sotib yubormasligini ma’lum qilgan, biroq agar futbolchining o‘zi ketishni xohlasa, unda uning transfer narxi 20 million evro atrofida bo‘lishi xabar qilingan edi.
Fikrlar