Koreyalik to‘purar bu ishni to‘rtinchi marta uddaladi

  • 2 sentabr, 2023, 21:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Tottenxem” safar uchrashuvida “Byornli” ustidan 5:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

O‘yin qahramoni janubiy koreyalik Son Xyon Min bo‘ldi. “Tottenxem” to‘purari raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, amalda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Statistika mutaxassislarining xabar berishicha, bu koreyalik futbolchining “Tottenxem”dagi faoliyati davomida to‘rtinchi xet-triki ekan. Bundan tashqari, Son Angliya Premer-ligasidagi umumiy gollari sonini 106 taga etkazib oldi.

Son Xyon Min “Tottenxem” safida 2015 yildan beri o‘ynamoqda. U to‘rtta xet-trikdan tashqari, bir marta raqib darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilib, poker ham qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!