Konte "Tottenxem"da rekord o‘rnatdi

  • 29 dekabr, 2021, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte London klubida faoliyat boshidan buyon eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya o‘tkazish bo‘yicha jamoa rekordini o‘rnatdi.

Tecno

“Shporlar” italiyalik murabbiy qo‘l ostida APLning dastlabki 7ta o‘yinida birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi. "Tottenxem" ushbu bahslarda to‘rtta g‘alaba va uchta durangga erishdi va hozirda premer-liga musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 52 yoshli Konte 2021 yilning 2 noyabridan buyon “Tottenxem”ni boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!