
Konte "Tottenxem" muxlislariga zo‘r xushxabarni etkazdi
Angliya premer-ligasida koronavirusning yangi to‘lqinidan birinchi bo‘lib jabrlangan Londonning "Tottenxem" klubi uchun nihoyat barchasi ortda qoldi.
Bugun “shporlar” Angliya liga kubogi doirasida “Vest Xem”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yindan oldin jamoadagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilangan. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte ma’lum qildi.
"Barcha o‘yinchilarning Covid-19 ga qarshi topshirgan test javoblari manfiy chiqdi. Bu yaxshi xabar. Albatta, tayyorgarlik ko‘rish uchun biroz vaqt kerak, chunki mening shogirdlarim o‘zlarining eng yaxshi jismoniy holatida emas. Ammo, men endi hech bo‘lmaganda ularga ishonishim mumkinligidan xursandman ", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar