
Konte "Inter"da qanday rekord o‘rnatdi?
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada rekord o‘rnatdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 50 yoshli mutaxassis bosh murabbiy lavozimiga o‘tirgach qatorasiga 5 ta o‘yinda g‘alaba qozongan "neradzurrilar" tarixidagi ilk murabbiy bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" A Seriyaning o‘tgan 5 ta turida "Lechche", "Udineze", "Kalyari", "Milan" va "Latsio" klublarini engdi.
Ma’lumot uchun, Konte “Inter”ni joriy yilning 31 mayida qabul qilib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar