
Konseysau “Milan” yulduzlarining “qora ro‘yxati”ni tuzdi
Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligiga da’vogarlardan hisoblangan “MIlan” 1/16 finalda “Feyenoord” to‘sig‘idan o‘tolmay, musobaqani erta tark etdi.
Bu omadsizlik jamoaning yangi bosh murabbiyi Serjiu Konseysauga umuman yoqmadi. Portugaliyalik mutaxassis jamoa etakchilari sanalgan uch nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Tijani Reynders, Fikayo Tomori va darvozabon Mayk Menyan keyingi yillarda jamoada asosiy figura hisoblansa-da, bosh murabbiyning “qora ro‘yxati”ga tushdi.
Konseysau klub direktorlar kengashiga murojaat qilib, bu futbolchilar tez orada jamoani tark etishi kerakligini ma’lum qildi. Bu faqat bir o‘yin natijasiga bog‘liq qaror emas.
Masalan, ko‘p jamoalar nishonida turgan niderlandiyalik Tijani Reynders Konseysauning o‘yin sxemasiga mos tushmayapti. Tomori esa, murabbiylar shtabining ishonchini oqlagani yo‘q. Menyan avvalgi mavsumlarda ishonchli o‘yinlari bilan ajralib turgandi. Biroq keyingi paytda darvozaning ishg‘ol qilinishiga olib kelayotgan xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
Fikrlar