
Konferentsiyalar ligasi. "Roma"ni bugun muhim o‘yin kutmoqda
Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” bugun UEFA Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida Turkiyaning “Trabzonspor” klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda "bo‘rilar" 2:1 hisobida raqibini mag‘lub etgandi. Turkiyada kechgan ushbu bahsda g‘alaba golini legionerimiz Eldor Shomurodov o‘z nomiga yozdirib qo‘ygandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Konferentsiyalar ligasi UEFA tomonidan tashkil etilayotgan Chempionlar ligasi va Evropa Ligasidan keyingi uchinchi turnirdir. Bu musobaqa “ko‘hna qit’a”ning aksariyat jamoalari Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan chetda qolayotgani bois, imkon qadar ko‘proq klublarni xalqaro o‘yinlarga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Fikrlar