Konferentsiyalar ligasi: Ikki mashhur klub finalda to‘qnash keladi

  • 9 may, 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFAning uchinchi xalqaro musobaqasi – Konferentsiyalar ligasi finalida ishtirok etadigan jamoalar nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Tecno

28 may kuni Polshaning Vrotslav shahri arenasi mezbonlik qiladigan hal qiluvchi uchrashuvda Ispaniyaning  “Betis” klubi Angliyaning “Chelsi” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Musobaqaning umumiy guruhida barcha oltita uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan “Chedsi” pley offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Daniyaning “Kopengagen”, Polshaning “Legiya”, Shvetsiyaning “Yurgorden” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

“Betis” esa, ancha jiddiy raqiblarga duch keldi. Ispanlar Belgiyaning “Gent”, Portugaliyaning “Vitoriya”, Polshaning “Yagelloniya” hamda Italiyaning “Fiorentina” klublari to‘sig‘ini engib o‘tdi.

UEFA qoidasiga ko‘ra, Konferentsiyalar ligasi g‘olibiga kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etish huquqi beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!