
Konferentsiyalar ligasi. Igor Sergeev jamoasining raqibi kim bo‘ladi? (Foto)
Shveytsariyaning Non shahrida konferentsiyalar ligasining 3-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonning "Tobol" jamoasi o‘z raqibini bilib oldi.
Hamyurtimiz Igor Sergeev harakat qiladigan "Tobol" klubi ikkinchi bosqichda "Linkoln Red Imps" jamoasini mag‘lub etsa, "Tirana" (Albaniya) - "Zrintski" juftligi g‘olibi bilan bellashadi. Dastlabki bahslar 4 avgust kuni, javob o‘yinlari 11 avgust bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar