
Kompani "Bavariya"ning javob bahsidagi imkoniyatlarini baholadi!
Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichining birinchi uchrashuvida "Bavariya" Milanning "Inter" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Bugun bizda bir emas, ikki yoki uchta gol urish imkoniyatlari bor edi – balki undan ham ko‘proq. Biz yaxshi bilamizki, "Inter"ning hujumda kuchli futbolchilari bor; ularga qarshi oson bo‘lmaydi. Ammo shunga qaramay, biz xavfliroq ko‘rindik va o‘z imkoniyatlarimizga ega bo‘ldik.
Men "Inter"ga mehmonda qarshi o‘ynash juda qiyin ekanini tushunaman, lekin jarohatlar yoki shunga o‘xshash bahonalar tufayli o‘zimizni engilganday his qilishimiz kerak emas. Milanda ham bizda imkoniyatlar bo‘ladi.
Biz mag‘lub bo‘ldik, shuning uchun faqat his-tuyg‘ularim yoki ko‘rgan narsalarim haqida gapira olaman. Menda biz gol ura olmaymiz yoki raqibga tahdid sola olmaymiz, degan his yo‘q edi. Oxirigacha imkoniyatlarimiz bor edi, ammo natija har doim adolatli bo‘lavermaydi.
Bu to‘qnashuvning faqat birinchi yarmi, hech qanday jamoa birinchi bo‘limni 1:2 hisobida yutqazib tugatganidan keyin kiyim almashtirish xonasida: "Tamom, taslim bo‘lamiz, uyga ketdik", demaydi. Biz Milanda ham imkoniyatlarimizga to‘liq ishonamiz" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi belgiyalik mutaxassis.
Fikrlar